Muhandis
Muhandis (Arab), injener — tex- Nikaning muayyan bir sohasiga ixtisos- lashgan mutaxassis; texnika sohalaridan biri bo’yicha oliy ma’lumotli kasb ega- si. Ilgari Sharqda Binokor, er o’lchovchi, bino va inshootlarni loyihalovchi, handasa (geometriya) b-n shug’ullanuvchi kishilar M. deb atalgan. Bag’dod, Damashq, Buxoro, Xiva, Samarqand, Tosh- kent, Qo’qon va b. sha-xarlarda hozirgacha saqlanib qolgan qad. bino va inshootlar qurilishida foydalanilgan murakkab handasaviy (geometrik) shakllar, ar- klar, gumbazlar, qubbalar; sug’orish va suv chiqarish inshootlari (koriz, Sardo- ba), charxpalak (chig’ir) M.lik qadimdan taraqqiy etganligini bildiradi. Xusu- san, Atshad al-Farg’oniyning Nil daryosi- ga qurilgan suv mikdorini o’lchash insho- oti ham M.lik namunasi hisoblanadi. Evropada, dastlab, harbiy mashina- larni boshqargan kishilar injener (lot. ingenium — qobiliyat) deb nomlangan. Bu tushuncha 16-a.da Gollandiyada ko’prik va yo’l quruvchilarga nisbatan ishlatilgan, so’ngra Angliya va b. Evropa mamlakatla- riga tarkalgan. M.ninghozir mexanik-M., gidro- texnik -M., kon M.si, harbiy M., loyihalovchi M., fizik-M., texnolog-M., quruvchi – M., irrigator-M. va b. tur- lari bor. M. lar sanoat, transport, qurilish va xalq xo’jaligining turli tarmoqlarida, i.t. muassasalarida ish- laydi, muhandislik akademiyalarida, texnika in-tlari va un-tlarida, oliy texnika bilim yurtlari va b. muassasa- lardatayyorlanadi. O’zbekistonda M.lar Toshkent texnika unti, Toshkent in- formasiyalar texnologiyasi unti, Respu- blika viloyatlaridagi oliy texnika o’quv yurtlari, Toshkent arxitektura-qurilish in-ti, Toshkent kimyotexnologiya in-ti, Toshkent davlat aviasiya in-ti, Toshkent avtomobil-yo’llar in-ti, Toshkent ir- rigasiya va qishloq xo’jaligi in-ti, tosh- kent t. y. transporta muhandislari in- ti, Toshkent to’qimachilik va engil sanoat in-ti va b. muassasalarda tayyorlanadi.