Mshankalar
Mshankalar (Bryozoa) — paypas- lagichlilar tipiga mansub koloniya bo’lib yashaydigan umurtqasiz hayvonlar sin- Fi. Tanasi daraxtsimon, po’stloqsimon, bir necha sm kattaliqda. Ularning ay- Rim individlari zooidlar (uz. 1 mm gacha) deyiladi. Har bir individning koloniyadan bir oz ko’tarilib turadigan oldingi qismi — polipidlari bezov- ta qilinganida kutikula b-n qoplangan keyingi qismi — tsistid ichiga torti- lib kiradi. Polipidda paypaslagich- lar b-n o’ralgan og’zi va orqa chiqarish teshigi bor. Ikkilamchi tana bo’shlig’i (tselom) yupqa to’siq orqali oldingi pay- paslagichli va keyingi tana bo’limlariga bo’lingan. Ichagi qalqasimon. Nafas olish va ayirish sistemasi bo’lmaydi. KRN aylanish sistemasi yo’q bo’lib ket- gan. Nerv sistemasi bitta nerv gangliy- sidan va undan ketadigan nervlardan iborat. Germafrodit. Tuxumlari suvda, tana bo’shlig’ida eki maxsus chiqarish ka- merasida rivojlanadi. Lichinkasi har xil tuzilgan, ba’zan 2 palla chig’anoqli. Lichinkasi suv tubiga yopishgach, kurta- klanib koloniyani hosil qiladi. Dengiz M. koloniyasidagi individlar har xil tuzilgan (polimorf), 4 turkum va 4000 ga yaqin turi ma’lum. Ko’pchilik turlari dengizlarda, ayrim turlari chuchuk suv- larda yashaydi.