MUHIDDINXO’JA QOZI

MUHIDDINXO’JA QOZI (1841 -Toshkent -1902 y. mart) — o’zbek ma’rifatparvari. So’nggi Toshkent qozikaloni — Hakimxo’ja o’g’li. Tosh- kent, Buxoro madrasalarida tahsil ol- gan. Toshkentning Sebzor dahasidagi Isaxonxo’ja madrasasida mudarrislik qilgan. Toshkent rus askarlari tomoni- dan qamal qilinib aholi qirilib ketish arafasida turgan. 1865 y. iyunida M.q. Abulqosim eshon, Solihbek Oxund va o’z otasining topshirig’iga ko’ra, g’oyat xav- fli vaziyatda MX. Chernyaev qarorgo-higa borgan, unga maxsus maktub topshirib, shaharni nisbatan engil shartlar b-n taslim bo’lishi tadbirlarini ko’rgan. Otasi vafotidan so’ng, 60-y.lar oxiri- dan — Sebzor dahasi qozisi. 80-y.lar boshida Sattorxon, keyinroq Furqat b-n yangi o’zbek ma’rifatpar-varligiga asos solishda qatnashgan, zamonaviy ilm-fan, texnika va ilg’or madaniyat targ’iboti b-n shug’ullangan. M.q. 1884 y.dan «Turki- ston viloyatining gazeti» b-n hamkorlik qilib, ilk o’zbek publisistlaridan biri si-fatida tanilgan. M.q. o’tmish mada- niy obidalarini avaylab saqlashga jid- diy e’tibor qaratgan. Sharafiddin Ali Yazdiyning «Zafarnoma» asarining ja- honda yagona mukammal nusxasi M.q. va avlodlari sa’yharakati b-n bizgacha etib kelgan va respublikamiz mustaqillikka erishgach, to’laligicha nashr etilgan. M.q. 1886 y. Sebzor dahasidagi 3son rus-tuzem maktabini qurdirgan va um- rining oxirigacha unga faxriy nozir bo’lgan. Ma’rifatparvarlik faoliyati, shuningdek, 1892 y. «vabo qo’zg’oloni»ga xayrixoxdigi uchun M.q. chor ma’mur- larining ko’plab ta’qib va tazyikla- riga uchragan, shunga qaramay o’z ilg’or g’oyalariga sodiq qolgan. Ad.: Yusupov Tsh., O’zbek ma’rifatpar- varlik adabiyoti va Furqat, T., 1992; ta- rix va adab bo’stoni, T., 2003. Sharif Yusupov.