MALIK SANJAR QO’ZG’OLONI

MALIK SANJAR QO’ZG’OLONI (1206) —Buxoro xunarmandlari ko’targan qo’zg’olon. Buxoro hokimi sadr Muhammad ibn Axmad ibn Abdulazizning soliq si- yosatiga qarshi qaratilgan. Unga qalqon yasovchi hunarmandning o’g’li Malik San- jar boshchilik qilgan. Qo’zg’olon Buxo- ro sh. doirasidan tashqariga chiqmagan va dehqonlar orasiga yoyilmagan. Hunarmandlar sadrni va uning oila- sini Buxorodan chikarib yuborganlar, ularning er-mulklarini tortib ol- ganlar. Sadr o’zining siyosiy homiysi bo’lgan qoraxitoylar gurxoni oldiga na- jot so’rab borgan, ammo undan Buxoroni idora qilish huquqi yozilgan yorliqdan boshqa hech narsa ololmagan. Bu orala Ma- lik Sanjar bir qasr qurdirishga ulgur- gan. Juvayniyning bergan ma’lumotiga ko’ra, bu qasr keyinchalik «Malik Sanjar qasri» deb atalgan. Malik Sanjar bu qasrdan turib, chamasi shaharning boyla- ri va zodagonlariga qarshi tadbirlarni amalga oshirgan. Xorazmshoh Muhammad Buxorodagi voqealardan xabardor bo’lib, xalq harakatini qurol kuchi b-n bosti- rishga va shaharni o’z qo’liga olishga axd qilgan. 1207 y.da Buxoro ustiga qo’shin tortib borgan, shaxarni bosib olib, xalq tomonidan ko’tarilgan yangi hokimning faoliyatiga chek qo’ygan. Buxoroni Xorazm davlati tarkibiga kiritgan va bu b-n Movarounnahrni Xorazmga qo’shib olgan. Malik Sanjar Urganchga olib ketilgan va u birmuncha vaqt Xorazmshohning saro- yida yashagan, tantanali marosimlarda ishtirok etgan.