Malikrabot

Malikrabot — Navoiy vshyuyati- dagi shaharcha. Navoiy tumaninnt marka- zi (1999 y. 27 maydan). Viloyat markazi Navoiydan 20 km Jan.garbda, Zarafshon daryosining chap sohilida. Toshkent — Buxoro — Urganch avtomobil yo’lining o’ng tomonida, 475 m balandlikda. Aholisi 7500 kishidan ziyod (2003). Aso- san o’zbeklar; shuningdek, tojik, tatar, rus va b. millat vakillari ham yashaydi. Aholisining aksariyat qismi Navoiy sh.dagi sanoat korxonalarida ishlaydi. M. Buyuk Ipak yuli ustida joylashgan qad. aholi maskanlaridan biri. 10-16- a.larda u yirik qasaba. Bobur va Ubay- dullaxon o’rtasida 1512 y. 28 apr.da bo’lib o’tgan ko’li Malik jangi M. yonida bo’lgan. Shaharchada Navoiy konchilik me- tallurgiya k-tiga qarashli «Do’stlik» AG- rofirmasi, «Sardobaparranda» f-kasi, Buyuk Britaniya va O’zbekistonning «Massey Fergusson» qo’shma korxonasi FA- oliyat ko’rsatadi. M. yonida Navoiy sh.ning aeroporti joylashgan. Shaharchada tuman hokimiyati binosi, 2 umumiy ta’lim maktabi (1442 o’quvchi), tuman Markaziy kutubxonasi, madaniyat uyi, klub, mada- niyat va istirohat bogi, savdo, maishiy xizmat ko’rsatish shoxobchalaribor. M.da tarixiy-me’moriy yodgorliklardan ra- boti Malik (11-a.) va Sardoba saqlanib qolgan.