Pirmuhammadxon
Pirmuhammadxon (? – 1567.12.3) – Balx hokimi (1546-67). Shayboniylarryan. Jonibek Sultonnint o’gli. P. davrida Balx hokimligi kucha- yib, to’liq mustaqil xonlikka aylan- gan. Buxoro xoni Abdulaziz (1540-50) Balxning mustaqilligiga barham be- rish maqsadida katta harbiy yurishga otlangan, biroq bu safar uning vafoti tufayli qoldirilgan. Buxoro taxtiga Muhammadyor Sulton o’tqazilgan. P. ta’- ziya izhor etish uchun Buxoroga kelib, turli nayranglar b-n taxtni egallab olgan (1550 y. 18 avg.). Biroq amaldor-lar va ulamolarning aksariyati P.ni qo’llab-quvvatlamagan. Jo’ybor xojala- ridan Xoja Muhammad Islom ham uni tan olmagan. P. shundan so’ng Buxoro taxtiga o’z kishisi — Shaybo-niylardan Umarg’ozi Sulton (O’zbekxon nomi b-n ko’proq mashhur)ni o’tqazishga uringan. U Buxoroda oliy hukmdor sifatida bir yilcha turgan, lekin amirlar va eshon Xoja Muhammad Islomdan ko’mak olol- magach, Buxoroni tark etishga, taxtni yana Muhammadyor Sultonga qaytarishga majbur bo’lgan. Movarounnahrdagi ichki nizolar kuchaygan davrda (1551-56) P. jiyani Abdullaxonni (q. Abdullaxon IF) Navro’zahmad-xoma qarshi kurashini quvvatlab turgan. Navro’z Ahmadxon va- fotidan foy-dalangan Abdullaxon Buxo- Roni egallagan. P. nomiga xutba O’qilgan. P. 1561 y. 18 apr.gacha shayboniylarning oliy xoni bo’lib qolgan, garchi uning no- miga xutba o’qilib, tanga zarb etilsada, u faqat nomigagina xon edi. Ba-daxshon va Balxdagi notinchliklar sa-babli P. Balxni tark etib, Buxoroga kela olmasdi. Shuning uchun bu erda 1557 y.dan amalda Abdullaxon hukmronlik qilgan. Badax- shon hokimi temuriy Sulaymonshoh 1560 y. iyul—avg.da Balxga yurish qilganda P. Abdullaxondan yordam so’ragan. Chashmai koziron degan joydagi jangda Shaybo- niy sultonlar g’alaba qilishgan. Bundan ruhdangan P. Toxaristondagi Qunduz va Toliqon sh.larini egallash maqsadida 1560 y. 5 sent. da yurish qilgan. 1561 y. P. b-n Abdullaxon o’rtasida ixtilof yuzaga kelgan, bunga sabab P.ning Buxoro- ni Abdullaxondan tortib olib, evaziga unga Balxni bermoqchi ekanligi bo’lgan. Biroq, bunga P.ning o’g’li Dinmuhammad Sulton norozi bo’lib, otasiga qarshi isyon ko’targan. Xoja Muhammad Islom ham bunga qarshi chiqkan. Abdullaxon Kar- manadan otasi Iskandarxonni keltirib taxtga o’tqazgan (1561 y. may) va P. nomi- ni Xut-badan chiqarib tashlagan. P. faol ichki va tashqi siyosat yurgizgan. Uning davrida Balx xonligi Abivard, Marv viloyati va Termiz hisobiga kengaygan. Jan.dagi Gurzuvon va Garchiston viloyat- lari chegaralari mustahkamlangan. Ad.: Axmedov B. A., Istoriya Balxa, T., 1982. Faxriddin Hasanov.