Pikasso (Picasso) Pablo
Pikasso (Picasso) Pablo (asli Ruis-i-Pikasso) (1881.25.10, Malaga, Ispaniya — 1973.8.4, Mujen, Frantsiya) — frantsuz rassomi, jamoat arbobi; kelib chiqishi ispan. Dastlabki ta’- limni otasi X.Ruisdan olgan; nafis san’at maktabida (1894-95), Barselo- na (1895 y.dan) va Madrid (1897-98) da o’qigan. 1904 y.dan deyarli Parijda muqim yashagan. Yirik asarlarining ilk namunalari 1900 y.larga to’g’ri kela – Di («keksa gado o’g’il bola b-n», 1903; «Shar ustidagi qiz», 1905 va b.). P.ning serqirra ijodi 20-a. san’a-tidagi qaramaqarshiliklarni o’zida aks ettir- gan, tasviriy san’atning ko’p sohalari (rangtasvir, haykaltaroshlik, grafika va b.) rivojiga kuchli ta’sir ko’rsatgan, zamonaviy san’atdagi inqirozlar hamda ziddiyatlarni uygunlikda tasvirlagan. 1907 y.larda buyumlarni handasiy shak- llarga ajra-tib tekis yuzada uzilgan va hajmli bo’laklardan tasviriy san’at asarlari yaratib kubizmta asos soldi. Bu davrda yaratilgan ayrim asarlari (mas, «El-pigichli xonim», 1909 va b.) nafis bezagi va jo’shqin ohangdorligi b-n AJ- ralib turadi. 1910-y.lar o’rtalaridan neoklassika an’analari, 1925 y.dan syur- realizm, 1929 y.dan abstrakt san’at ta’- sirida bo’lgan. 30-y.lar 2yarmidan P.ning ijtimo- iy mavqei ko’zga tashlanadi. Qarshilik ko’rsatish xarakati (Ispaniya, 1936-39; Frantsiya, 1939-45)ning faol arbobiga aylanadi, fashizmning mohiyatini fosh etuvchi asarlar yaratdi: «General Franko- ning orzu va yolg’onlari» turkum asarlari (akvatinta, 1937); P.ning jo’shqin usuli eng yuqori cho’qqisiga etgan «Gernika» pannosi (1937, zamonaviy san’at mu- zeyi, Nyu-Yorkda) va b. 1940-y.lar 2yar- midan P. ijodi rang-barang: Dastgoxli rangtasvir, haykal-taroshlik, kulollik, ayniqsa, grafikada turkum asarlar yarat- Di («inson komediyasi» turkumi, 1953— 54 va b.). P.ning ilg’or insonparvarlik karashlari uning asarlarida («tinchlik ka-butari», tush, 1947; «tinchlik» va «Urush» namoyonlari, 1952, Vallorisdagi «Tinchlik ibodatxonasi» kapella-sida va b.) o’z ifodasini topdi. P. ijodi 20-a. ijodkorlariga kuchli ta’sir ko’rsatgan. P. Xalqaro tinchlik muko-Foti (1950) va b. mukofotlar laureati.