PARFYUMERIYA-KOSMETIKA Sanoati
PARFYUMERIYA-KOSMETIKA Sanoati — atir sovun, efir moyi, sintetik xushbo’y moddalar ishlab chiqaradigan sanoat tarmog’i (q. Parfyu- meriya, kosmetika). Sharq mamlakatlarida atir, mushk, surma, mushk-Anbar, upa-elik kabi mahsulotlarni tayyorlash qadimdan yo’lga qo’yilgan. Ulardan xotin-qizlar, erka- klar pardoz-andoz va gigiena vositasi tarzida keng foydalanganlar. Attorlar bu mahsulotlar b-n butun Sharq mamla- katlari bo’ylab savdosotiq ishlarini olib borishgan. P.-k. s. sanoat tarmog’i tarzida 17-a. oxirida Frantsiyada, keyinchalik Italiya, Buyuk Britaniya va b. davlatlarda pay- do bo’lgan. O’zbekistondagi P.-k.s. kor- xonalarida odekolon (xushbo’y suvlar), sovg’a yig’malari, upa, tish poroshogi, gigienik va profilaktik tish pasta- lari, krem, loson, shampun va b. kos- metik mahsulotlar ishlab chiqariladi. Tarmoqdagi eng yirik korxo-na Toshkent parfyumeriya-kosmetika f-kasi 1942 y. ko’chirib keltirilgan Krasnodar parfyu- meriya f-kasi asosida tashkil qilingan. F-ka dastlab bir xil flakonlarda ode – Kolon, qog’oz Pa-ketlarda upa va tish po- roshogi ishlab chiqargan. Mavjud tsex- larning rekonstruktsiya qilinishi va yangi tsexlar qurilishi i.ch. hajmini oshirishga, yuqori navli parfyumeriya mahsulotlari, sovg’a yig’malari va chi- royli qulay qutichalarda buyumlar i.ch.ga imkon berdi. Korxona 120 nomda parfyu- meriya-kosmetika mahsulotlari ishlab chikardi. 1985 y.da f-ka «Lola» parfyu- meriya-kosmetika f-kasi deb nomlandi. 90-y.lardan boshlab O’zbekistonda o’tkazilgan iqtisodiy islohotlar da- vo-mida P.-k.s.ning ayrim korxonalari xususiylashtirildi yoki mahalliy hoki- miyat organlari tasarrufiga o’tkazildi. 1997 y. martda «Lola upa» korxonasi ochiq turdagi aktsiyadorlik jamiyatiga aylantirildi. 2001 y.dan Toshkent sh.da Rossiyadagi «Kalina» kontsernining sho»ba korxonasi — «Palladavostok» faoliyat olib boradi. Rivojlangan mamlakatlarda P.-k.s. korxonalari yirik i.ch. quvvatlariga ega bo’lgan, o’z mahsulotlarini butun dunyo- ga sotadi. «Eyvon prodakts», «Prokter end Gembl» (AKSH), «Oreal», «Lankom» (Frantsiya), «Sardli», «Maks Fektor» (Buyuk Britaniya), «Shvarskof Xengel» (Germaniya), «Adam» (Italiya), «Siseydo» (Yaponiya) firmalari ayniqsa mashhur. Bu firmalarda 500 dan ziyod kosmetika va 700 dan ziyod parfyumeriya mahsulotlari ishlab chiqariladi. Abdurahim Ortiqov.