Paxta tolasi
Paxta tolasi — chigit qobig’ida etiladigan ingichka, uzun, silliq va pishiqtabiiy tola. Asosan, paxta tsel- lyulozasidan iborat. Paxta tozalash kor- xonalarida chigitdan ajratib olinadi. Ip va to’qimachilik mahsulotlari tay- yorlashda ishlatiladi. P.t.dan, asosan, to’qimachilik sanoatida turli ip gazla- ma (satin, Batist, zefir, to’r, poplin va h.k.), trikotaj va b. ishlab chiqariladi, yigirilgan ip tayyorlanadi. Undan avia- tsiya, elektrotexnika va avtomobil sano- atida parashyut, maxsus qistirmalar, izo- lyasiya materiallari, transportyor lenta- lari, avtoshinalar, yuritma tasmalari va b. ishlab chiqariladi. Bundan tashqari, momiq paxta, to’qilmagan materiallar va b. olishda ham ishlatiladi. Chigit qobig’ida rivojlanib bora- digan P.t. urug’kurtak po’stidagi bo’yiga juda o’sib ketgan hujayradir (hujay-ra- tola). G’o’zaning qaysi turiga mansubli- giga, hujayralarning rivojlanish dav- ri va funktsiyalariga qarab, chigit qobig’i tarkibiga kiradigan hujayralarning tuzilishi, kattakichikligi har xil bo’ladi. P.t.ning ichki bo’shlig’i kanal shaklida bo’lib, hujay-ra shirasi va yupqa protoplazma qatlami b-n to’lib tu- radi. P.t.ning kanali xdm, tolaning o’zi singari, rivojlanishning boshlang’ich fazalarida shaklan tsilindrga o’xshagan bo’ladi. Tola etilib borgan sayin, uning devorlari kalinlashadi va bo’yiga cho’ziladi, kanali esa juda kisilib, yas- silangan shaklga kirib qoladi. Tola ka- nalining kattakichikligi g’o’zaning tur va nav xususiyatlariga, shunin-gdek, Agro- texnika shart-sharoitlariga bog’liq, chun- ki g’o’za parvarishi tsellyuloza to’planib borishiga ta’sir ko’rsatadi. Hozir eki- ladigan g’o’za navlarida har bir chigitda hosil bo’ladigan tola soni 10— 15 ming va undan xam ko’proq. G’o’zaning madaniy shakllarida tola diametri uning o’rta qismida 15-20 MK atrofida, yovvoyi shakllarida 8,3—10,4 MK keladi (na. Vlasova, 1974), tola uzunligi madaniy navlarda 42 mm gacha, ay-Rim turlarida, xatto, 60 mm ga boradi. G’o’za navlari va muhit sharoitlariga qarab ko’sakdagi tola 50-60-80 kunda pishib etiladi. P.t. tarkibi (%): tsellyuloza — 90,35— 94,6; suv — 7; suvda eriydigan moddalar — 0,5; inkrustasiya moddalari — 0,75; yog’va mum — 0,4; azot moddala- ri -0,5; kul — 0,12. Tola devori bir necha katlamli tuzilishga ega (rasmga q.). Qalinligi 1 MK dan kichik bo’lgan tashki katlam birinchi devor yoki kutikula (1— 3) deyiladi. Kutikula kimyoviy tarkibi va tuzilishi bo’yicha asosiy tsellyuloza devoridan jiddiy farq qilib, tarkibi- da (% hisobida) tsellyuloza -54, oqsil -14, pektin moddalari -9, mum -8, kul -3, kutin -4 bor. Turli sanoat na- vlarining kimyoviy tarkibi ham turlicha. Tola tarkibida gidrofob xossali mum borligi uchun tola yaxshi ho’llanmaydi. P.t., asosan, shaffof moddalar (tsellyu- Loza, yog’, mum) dan tashkil topsada xira bo’ladi, chunki tarkibida har xil mayda qo’shimchalar bor. Yorug’lik birinchi devor sirtidan notekis kaytishi tufayli tola oq bo’lib ko’rinadi. Tolaning birinchi navi oqroq, past navlari to’qroqsariq yoki jigarrang bo’ladi. Tola kuyidagi fizik-mexanik va texnologik (tsellyuloza mikdori va tu- zilishiga bog’liq holda) xossalarga ega: chiziqli zichlik, etilganlik, tolaning uzilish kuchi va h.k. Hozir qabul qilingan standartga ko’ra tola etilganligi hamda rangi va tashki ko’rinishga ko’ra 5 navga, tolaning shtapel massa-uzunligi yoki yuqori o’rta uzunligi bo’yicha 9 tipiga bo’linadi. G’o’zaning uzun tolali navla- ridan olinadigan tola 1a, 16, 1, 2, va 3 tiplarga, o’rta tolali navlaridan oli- naditani 4-7 tipiga kiradi. Paxtaga dastlabki ishlov berish jarayonida tola mexanik shi-kastlanishi mumkin. Bundan tashkari, tolaning o’z nuqsonlari ham bo’ladi. Tolaning sifati, namligi, nuqsonlari va iflos aralashmalar mik- dori tegishli standartlarga Moe bo’lishi kerak. P.t. tozalash korxonalarida pres- slab toylanadi. Ad.: Kanash M., M irxo’jaev M., Paxta tolasi, 1976; Popova g.Ya., Biologiya raz- Vitiya xlopkovogo volokna i ego texnolo- gicheskie svoystva, T., 1975; Kogan M . I ., Texnicheskiy progress i kachestvo xlop- kovogo volokna, T., 1977; paxta sifa-ti- ni yaxshilash omillari, T., 1977. Akmal Ahmedov.