Patronaj

Patronaj (Frans. patronage — homiylik) — bolalar maslahatxona- si, poliklinikalari, ayollar maslahatxonalari, sil dispanseri va b. dispanserlar tomonidan yosh bola- lar, homiladorlar va ayrim bemorlarga uy sharoitida tibbiy yordam ko’rsatish sistemasi. Bolalar maslahatxonasi va poliklinikalarida vrachga u xizmat qiladigan uchastka biriktiriladi; vrach- ga bir yoki ikkita P. hamshira yordam bera- Di, ular o’z uchastkasidagi bolalarga uyda yordam ko’rsatadi. P. hamshira bolaning sog’lig’ini, bola parvarishini, oilaning moddiymaishiy turmushini aniklaydi. P. hamshira va (akusher) vrach uyda onalar b-n suhbat o’tkazadi, bola emizish, par- varish qilish, chiniqtirish qoidalarini o’rgatadi; raxit, sil, me’da-ichak kasal- liklarining oldini olish, chechak, dif- teriya, ko’kyo’tal, poliomielit, silga qarshi emlashning ahamiyatini tushun- tiradi. Bola kasal bo’lib qolsa, qanday parvarish qilishni onaga o’rgatadi. Ona tug’ruqxonadan chiqqanidan keyin 3 kun orasida P. hamshira yoki vrach uyga bo- rib, chakaloqni sinchiklab tekshiradi va vaktvaqti b-n bolaning holidan xabar olib turadi. Ayollar maslahatxonasi vrach va hamshiralari xotinlarga homiladorlik va tuqqandan keyingi davrda P. Yordami beradi. P. uyda davolanadigan beozor Su- runkali ruhiy bemorlarga yordam berish- ning bir turi hamdir. Boshqa dispanser- lar (onkologik, sil va b.) da P. bemor- larning muntazam katnab davolanishi va vrach belgilagan rejimni bajarishini nazorat qiladi. Dilbar Maxmudova.