Paxtakor

Paxtakor – Jizzax viloyati Pax- takor tumanidagi shahar (1974 y.dan). Tuman markazi. Viloyat markazi (jiz- zax)dan 28 km. T.y. stantsiyasi. Aholisi 19,4 ming kishi (2003), asosan, o’zbeklar, shuningdek, qozoq, qirgiz, rus, ukrain va b. millat vakillari ham yashaydi. Jan. Mirzacho’l kanalidan suv oladi. P.da tu- man hokimiyati binosi, paxta tozalash z-Di, ma’muriy muassasalar va qurilish tashkilotlari, avtokorxona, qo’shma korxona va xusu-siy firmalar, bozor, umumiy ta’lim maktablari, internat maktab, lisey, kasb-hunar kolleji bor. Ulug’bek no-midagi madaniyat saroyi, ma- daniyat va istirohat bog’i, Markaziy ku- tubxona, bolalar sport majmuasi, marka- ziy stadion, bolalar sport maktabi, boks va kurash maktabi, yopiq suzish havzasi ishlab turibdi. Markaziy kasalxona, poliklinika, bolalar poliklinikasi aholiga xizmat ko’rsatadi.