Po’latni toblash

Po’latni toblash – po’latni ol- din qizdirish, keyin tez sovitish yo’li b-n chiniqtirish. Qizdirish sharoitiga qarab, to’la va chala toblash xillariga bo’linadi. To’la toblashda po’lat holat diagrammam GSE chizi-g’idan yuqorigi t-ragacha qizdirilgandan so’ng tez so- vitiladi. Shunda po’lat to’liq austenite xrlatga o’tadi. Chala toblashda metall PSK chizig’idan yuqorigi t-ralargacha qizdiriladi; sovitishdan keyin eri- magan (ortiqcha) fazalar (ferrit yoki tsementit va murakkabroq karbidlar) saqlanib qolishi mumkin. Temir-ugle- rodli qotishmalarning holat diagramma- siga muvofiq, shu Di-agrammaning GSE chizig’idan yuqorigi t-ralarga po’latning termodinamik turg’un xrlati — austenit, PSK chi-zig’idan pastdagi t-ralarga Fer- rit va tsementit Moe keladi. Austenit PSK chizig’idan yuqorigi t-radan asta-se- kin sovitilganda, holat diagrammasiga muvofiq, ferrit va tsementitga parchala- nadi. Juda past t-Rada austenit amalda parchalanmaydi, t-ra yana pasaytirilsa, martensitta aylanadi; P.t.dan maqsad — to’liq martensit struktura hosil qilish. P.t. natija-sida po’latning qattiqligi keskin oshadi, mustahkamlanadi, plasti- kligi pasayadi. Sovitish sharoitiga qarab, P.t. izo-termik, pog’onali va b. usullarda amalga oshirilishi mumkin. Izoter- mik toblashda po’lat GSE chizig’idan yoki PSK chizig’idan yuqorigi t-ralargacha qizdiriladi, so’ngra PSK dan past t-ralargacha tez sovitiladi va izotermik dam deb ataladigan xrlatda tutib turi- ladi, bunda austenit boshqa struktura- lar (perlit, Bey-nit)ga aylanadi. POGO- nali toblashda po’lat martensitga ayla- nadigan t-radan bir oz yuqori t-ragacha katta tezlikda sovitiladi, shu t-ra butun qalinligiga birday tarqalguncha tutib turiladi, so’ngra martensit struktura hosil bo’lguncha asta-sekin sovitiladi. Tashqi omillar, asosan, toblash mu-hiti (suv, moy, erigan tuz) va bosim ham P.t.ga ta’sir qiladi. Toblangan po’lat juda mo’rt bo’lgani uchun bir oz bo’shatiladi (q. Bo’shapgish). P.t. texnikada keng ishlatiladigan, kon- struktsion xossalari yaxshi po’lat olishga imkon beradi.