Polinez tillari
Polinez tillari – avstronez tillari oilasining alohida guruhi; Okeaniya tillaridan (jami 30 ga yaqin). Polineziyada (tub aholi tillari), shu- ningdek, Melaneziya va Mikroneziyaning chekka orollarida (tashki poli-nez til- lari) tarqalgan. So’zlashuvchilarning umumiy mikdori 1 mln. kishidan ortiq. P.t. tonga (tonga va Niue) tillari va asl polinez tillari guruhchalariga, asl po- linez tillari esa Samoa-tashki (Samoa, Tuvalu, Tokelau, Futuna, uvea, pukapuka, shuningdek, barcha tashki polinez tilla- ri) va shar-qiy polinez tillariga (Mao- ri, Gavay, Taiti, rarotongo, rapanui, tua- motu va b.) ajratiladi. P.t. grammatik qurilishi jihatidan analitik tillardan. Fonetikasida 5 ta unli va 8 tadan 12 tagacha undosh tovush bor. Gapni tashkil etuvchi eng muhim birlik lug’aviy ma’no bildiruvchi mus- taqil so’z hamda uning oldida yoki or- tida joylashuvchi xilma-xil yordamchi (grammatik ma’no bildiruvchi) so’zlar majmuidan iborat. Gapda so’z tarti-bi bir qadar erkinroq: ko’p tillarda ega kesimdan keyin, ba’zilarida esa ran bo- shida keladi; aniqlovchi aniklanmishdan keyin keladi. So’z yasalishining keng tarqalgan turlari so’z qo’shish va so’z ta- kroridir. P.t. 19-a.gacha yozuvga ega bo’lmagan; 19-a.dan bir qancha adabiy P.t. lotin alif-bosi asosidagi yozuvga ega bo’ldi. 20-a.ning o’rtalarigacha P.t. yaxshi o’rganilmagan. 20-a. Urtalaridan ushbu tillarni sinxron tarzda hamda qiyosiy- tarixiy o’rganish boshlangan. Anvar Ismoilov, Abduvahob Madva- liev.