Potentsial o’ra

Potentsial o’ra (fizikada) -FA- zoning chegaralangan sohasi; bu sohada zarraning potentsial energiyasi sohadan tashqaridagiga nisbatan kichik bo’ladi. «P.o’.»iborasi kuch maydonidagi zar- raning potentsial energiyasi V ni shu zarraning fazodagi vaziyatiga (bir o’lchovli harakatda x kordinataga bog’liq) bog’liqligini tasvirlaydigan grafik shaklidan kelib chiqqan (rasmga q.). P. o’. tortishish kuchi maydonida hosil bo’ladi. Kenglik (tortish kuchi ta’siri namoyon bo’lgan oraliq) va chuqurlik (eng kichi.k potentsial energiyaga Moe kela- digan o’raning ustki chegarasidagi va pastki qismidagi zarralarning poten- tsial energiyalari farqi). P. o’.ning aso- siy tavsiflari hisoblanadi. P. o’. ning muhim xossalaridan biri uning to’liq energiyasi E o’ra chuqurligi ko dan kichik bo’lgan zarralarning ushlab tura olish qobiliyatidir. Bunday zarralar P.o’. ichi- da bog’langan holatda bo’ladi. Atom elektronlarini uning yadro- si tortib turishini ifodalovchi Kulon P.o’. muhim hodisadir. «P.o’.»tushunchasi atom va molekulyar fizikada, shuningdek, qattiq jism va atom yadrosi fizika-sida keng qo’llaniladi.