Panorama kino

Panorama kino — kinofil- mlarni suratga olish va namoyish qilish usullaridan biri. Kinofilmlar Max- sus apparatlar b-n kinoga olinadi va juda katta (bir necha yuz m2 yuzali) doi- raviy ekranga tushiriladi. Kinoga olishda bir-biriga nisbatan 48° burchak ostida joylashgan 3 ob’ektivli apparat ishlatiladi. Kadrlar 35 mm li 3 ta ki- noplyonkaga olinadi (har kaysi plyon-kaga umumiy panorama kadrining 1/3 qismi tushiriladi). Kinoplyonkalar kinoga olish apparatlarida 712,5 mm/s tezlik b-n harakatlanadi. Filmlar juda botiq tsilindrik ekranli (eni 20-30 m li) ki- noteatrlarda 3 ta kinoproektor b-n na- moyish kilinadi. Bunda tasvir gorizon- tal bo’yicha 150°-170°, vertikal buyicha esa 55° burchak ostida hosil bo’ladi. Ovoz stereofonik usulda 35 mm li plyonkaga qayd qilinadigan 7 yoki 9 ta kanalga yozib olinadi va eshittirila- Di. Harakat b-n olingan film kadrla- ri namoyish kilinganda tomoshabinlar o’zlarini go’yo ekranda bo’layotgan vo- qealar qatnashchisidek sezadilar. Bunda stereoskopik effekt (kinoga olingan asosiy ob’ektlarning yonida joylashgan narsalarni ko’rish taassuroti) hosil bo’ladi, bu esa filmni tushunishni osonlashtiradi. Birinchi P.k. tizimini frantsuz re- jissyori A. Gans («Napoleon») 1927 y. yaratgan. P.k. murakkabligidan 20-a. 60-y.lar boshidan boshlab uning o’rniga kinoga olish va ko’rsatishda bir ob’ek- tivli usuldan va 70 mm li standart ki- noplyonkadan foydalaniladigan tizim qo’llanila boshladi. Ba’zi shaharlarda (mas, Moskvada) hozir ham bor (2003).