Plazmatik membrana
Plazmatik membrana, plaz molemma — hujayra tsitoplazmasini tashqi muhitdan yoki uning qobig’idan (o’simlik hujayralarida) ajratib turuv- chi membrana. P.m.ga kimyoviy tarkibiga ko’ra, yoglar, oqsillar, uglevodlar va juda oz mikdorda boshqa organik birikmalar kiradi. Suyuklikmozaika modeliga ko’ra, P.m.ning asosiy qismi fosfolipid qo’sh qavatdan iborat. Bu qavatning ichkari- ga qaragan qismi gidrofob (suvda eri- maydigan), tashqi qis-mi esa gidrofil (suvda eruvchan) xusu-siyatga ega. Fosfo- lipid qavatda oqsil molekulalari suzib yuradi. Fosfolipid qavati sirtida esa murakkab organik birikmalardan hosil bo’lgan glikopro-teinlar joylashgan. Ular reseptorlar tarkibiga kiradi. P.m. barer (to’siq), moddalarni tashish (transport), regulyator (boshqarish) va katalitik funktsiyalarni bajaradi (yana q. Hujayra).