Peyzaj

Peyzaj (Frans. paysage — mam- lakat, joy) -1) rassomlik (rangtasvir, grafika) va haykaltaroshlik (relef) da tabiatni aks ettiruvchi janr yoki shu janrda yaratilgan alohida asar (q. Mantra); 2)adabiyotda — badiiy so’z vo- sitasidagi tabiat tasviri, ifodasi. P. yozuvchining o’z asarida tanlagan ifo- da usuli va ijodiy uslubi b-n bog’liq holda turlicha vazifalarni bajari- shi mumkin. Tabiat manzarasi tasviri orqali yozuvchi o’zining yurtiga, Vatani- ga, ona tabiatga bo’lgan munosabatini ifodalaydi. Tabiat tasviri syujetning tarkibiy qismlaridan biri bo’lib, asar- ning g’oyaviy-estetik quvvatini oshirish, syujet rivojini tezlatish yoki sekin- latish, qahramonning ichki dunyosini ochish kabi vazifalarni ba-jaradi. Bu b-n P. badiiy asarda ishtirok etuvchi personajlarnn yanada to’la-qonli ifo- dalashga yordam beradi. Badiiy asarda P.dan 2 xil usulda foy-dalaniladi: qahramonning ruhiy holatini tabiat tasviri b-n parallel ravishda tasvir- lash va qaramaqarshi (kontrast) usulda tasvirlash. P. tasviri orqali muallif o’zining asosiy g’oyaviy niyatini ilga- ri surishi ham mumkin. Mas, Cho’lpon «Kuz» she’rida fasl ko’rinishini chi- zish orqali rus bosqinchiligining mudhish oqibatlarini ko’rsatmoqchi bo’ladi. Shuningdek, Oybekning «Na’- matak», H. Olimjonning «O’zbekiston», «O’rik gullaganda», A. Oripovning «Sen bahorni sog’inma-dingmi?»she’rlari P. lirikasining eng yaxshi namunalari hisoblanadi.