Pelte effekti

Pelte effekti, elektro-ter- mik effekt — bir-biriga kavsharlan- gan turli jinsli ikkita o’tkazgich yoki yarimo’tkazgichdan tashkil topgan zanjir orqali o’zgarmas elektr toki o’tganda ularning bir-biriga tegib turgan joy- ida tokning yo’nalishiga qarab issiqlik ajralish yoki yutilish hodisasi. Tokning yo’nalishi o’zgarsa, issiqlik ajralishi issiqlik yutilishi b-n almashinadi. Tokning yo’nalishidan qati nazar kav- sharlangan uchlaridan biri sovisa, ik- kinchisi isiydi. Bu hodisani frantsuz fizigi va meteorologi J. Sh. A. Pelte (1785— 1845) kuzatgan (1834). P. e. Zee- bek EF-fektining aksidir. P. e. quyidagicha tushuntiriladi. Tok tashuvchilar (elektron yoki kovaklar) kavsharlanish chegarasining 2 tomonida kontakt potentsiallar farqi tufayli turlicha energiyaga ega bo’ladi. Agar zaryad tashuvchilar kavsharlangan uchidan o’tib, kichik energiyali sohaga tushib qolsa, ular ortiqcha energiyalarini kristall panjaraga beradi, na-tijada kavsharlan- gan uchi qiziydi. Boshqa uchida esa tok ta- shuvchilar katta energiyali sohaga o’tadi va etishmaydigan energiyani panjaradan oladi, na-tijada bu kavsharlangan uchi soviydi. P. e.dan A. F. Ioffe taklif etgani- dek sovitkich va isitkich qurilmalarini yaratishda foydalaniladi.