MUHAMMAD BASHORO MAQBARASI

MUHAMMAD BASHORO MAQBARASI — Tojikiston (Mozo- ri Sharif) dagi me’moriy yodgorlik (11 — 12-a.lar). Tog’yonbag’rida daraxt- lar orasidagi go’zal xushmanzara may- donda joylashgan. Murakkab hajmda o’ziga xos tarhsa qurilgan. Dastlab 3 qism [maqbara, masjid va er osti 2 xona (go’rxona)]dan iborat bo’lgan. 1342-43 y.larda aralash qilib keng, chuqur ravok- li ziyoratxona va burchagida kichik xona- lar, shuningdek, bir-biridan o’tiladigan qator yo’laklar qurilgan. M.B.m. bal- XI gumbazli. Gumbaz osti bag’allariga muqarnaslar ishlangan. Bosh tarzida- gi peshtoq hashamatli bezatilgan, o’yma hoshiyali mayda girih naqshlar, oq, ko’k va havo rangdagi sirli sopol b-n qoplangan. Zaminiga o’simliksimon naqshlar ish- lanib, devoni xati b-n to’ldirib uslu- blashtirilgan. Maqbara va ziyoratxonada- gi sag’analar turli rangdagi koshinkori naqshlar va o’yma naqshli marmardan ish- langan.