MUHAMMAD MUSO TURKISTONIY G’OYIB NAZAR O’G’LI
MUHAMMAD MUSO TURKISTONIY G’OYIB NAZAR O’G’LI (1904, Farg’ona viloyati, Oltiariq tumani — 1991, Madina) — tarixchi olim va ma’ri- fatparvar. Ulamo oilasida tug’ilgan. 2 yoshligida ota-onasi b-n Andijonga ko’chib kelgan. Arab, fors va rus tilla- rini puxta o’rgangan. «Ittihodi Islom» jamiyati a’zosi (1919). Ota-onasi b-n birga Qashqarga muhojirlikka jo’nab ketishga majbur bo’lgan (1926). Haj sa- fariga borib, Saudiya Arabistonida yashagan va savdotijorat b-n shug’ullangan (1929-31). 1931 y.da Qashqarga qaytib, uyg’ur xalqining Xitoyga qarshi mil- liy ozodlik harakatiga faol katnashgan. Tazyiq kuchaygach, Qashqardan ketib Kobul (1934— 37), Makka va Madinada yashagan. Arab matbuotida tarixiy, adabiy va si- yosiy maqolalar b-n qatnashgan. M.M.T. «Kommunizmning chehrasi» (1966), «ulug’ Turkiston fojiasi» (1979, 1jild), «Aqoyid», «besh masala», «Zamzam va ta- rixi» va b. asarlar yozgan.