Muhammad muqim
Muhammad muqim (yoki Xoja Muqim, 17-a.) — musavvir. Ashtarxo- niylardan Abdul’azizxon (1645-80) va Subxonqulixon (1680-1702) kutubxona- sida ijod qilgan. M.M. kishilar tasvi- riga alohida ahamiyat beradi, tasvirlar nafis ishlanishi, qiyofalar ifodalili- gi, kompozisiyalar mutanosibligi, kam shaklliligi xamda shakllar yirikligi b-n diqqatga sazovor. Xoja Gado, Avaz Muhammad, Mulla Behzod kabi musav- virlar va Mirzo Barqiy, Mulla Mir Munshiy, Ibn Arabshoh kabi xattotlar b-n birga ishlab, Nizomiyning «Xamsa» (1669, Dublindagi Chester bitti kutub- xonasida), Firdavsiyning «Shohnoma» (1664, O’zbekiston FA Sharqshunoslik in-tida, inv. №3463) asarlarini badi- iy bezagan. Shuningdek, Firdavsiyning «Shohnoma», «Narimonnoma», «Bayonno- ma», «Faramuznoma» qo’lyozmalar maj- muasiga (1670, o. Oleber maj-muasida) rasmlar ishlashda katnashgan. Muhammad Muqim. «Siyovushni o’tda sinash» (Firdavsiyning «Shohnoma» asariga ishlangan, 1664, O’zbekiston FA Sharqshunoslik instituti).