MUHAMMAD RAFI

MUHAMMAD RAFI (1924.4.12, Pan-job shtati — 1981.31.7, Bombay) — hind xonandasi. Nihoyatda jozibali, keng diapazonli ovoz sohibi. Dastlab- ki musiqa saboqlarini Abdul Vohiddan olgan. 13 yoshidan o’z xushovozligi b-n tanilib, yirik shahar (Bombay, Dehli va b.) larda kontsert bergan. 1940-y.lar- dan boshlab Bombay radiosi va kinostu- diyalarida ishlagan. Qariyb 40 yillik faoliyati davomida ko’pgina hind kino- filmlarida («Bav-ju bavra», «dunyo», «Sangam», «Tojmahal», «qasos va qonun» va b.) minglab qo’shiq kuylagan. Repertuaridan, shuningdek, hind mumtoz «g’azal»lari, Panjob, Bengal, Tamil til- larida aytilgan qo’shiklari o’rin olgan. Hindistondagi «film-feer» festiva- li hamda «yilning eng yaxshi qo’shig’i» uchun beriladigan Davlat mukofotiga bir necha bor sazovor bo’lgan (1961-80).