Murodxon
Murodxon (? – 1845) – Qo’qon xoni (1845). Olijxonnkj ugli. Isfarahokimi Sotiboldi dodxoh Qo’qon xoni Sheralixonga qarshi fitna uyush- tiradi, bu ishga M. ham tortiladi. Ular Musulmonqul mingboshi qirg’izlar isyo- nini bo-stirish uchun ketganidan foy- dalanib xonni asirga oladilar va M.ni xon deb e’lon qiladilar. 3 kundan sung Sheralixon uldirilgan, saroyi tala- nib, o’g’illari qamoqqa olingan. Qo’qon aholisi taxt o’zgarishidan norozi edi, buning ustiga yangi xon o’zini Buxo- ro amirining noibi deb e’lon qilgan. Musulmonqul bu voqeadan xabardor bo’lib o’z qabiladoshlari bo’lgan qip- chokdarni to’plab, M.ga qarshi hujum qildi. Ular Namangan begi Xudoyorxonni o’zlari b-n olib kelishadi. Qipchoklar uni oq kigizga o’tqazib xon qilib ko’taradilar. Musulmonqul qo’shini M.ning qirg’izlardan iborat unchalik katta bo’lmagan qo’shinini tezlik b-n en- gib, o’rdasini egallab oladi va atigi 7 kun xon bo’lgan M. qatl etiladi. Ad.: Nalivkin V. P., Kratkaya istoriya Kokandskogo xanstva, Kazan, 1886; na- biev R. N., Feodalnoe xozyaystvo Xudo- yar-xana, T., 1972.