Mudofaa devorlari
Mudofaa devorlari – aholini dushman hujumidan saklash maqsadida qad. dehqonchilik vohalari atrofiga qurilgan devorlar. Bunday devorlar Osiyo, Evropa va Afrika qit’asidagi ko’pgina mamlakatlarda qurilgan (mas, Buyuk Xitoy devori, Antonin devori va b.). O’zbekiston hududida Shaxrisabz, Kitob, Nurota dehqonchilik r-nlari va Marokanda sh. atrofidagi qishloqlar tevaragiga M.D. qurilgan. 1956 y.da ya. G’. G’ulomov boshchiligida O’zbekistonda M.D. izlari aniqlanib, ularning qurilish texnikasi o’rganiladi. Yozma manbalarda bu devorlar: Hoitul xoriji (Tashqi devor), Hoitul kabiri (katta de- vor), surul a’zami (ulug’vor devor), Kan- pir devor, devori Kandi buzurg (katta viloyatning devori), devori Kandi Di- Zak (istehkomli vilo-yat devori) degan nomlar b-n atalgan. O’zbekistondagi qad. dehqonchilik vohalari atrofida M.D. bunyod qilishdan asosiy maqsad vohani ko’chmanchilarning hujumidan himoya qilish, shuningdek, vohadagi o’troq aholini chet el bosqinchilari is- tilosi va hukmronligi hamda mahalliy zo’ravonlarni ularga yordamlashib turgan ko’chmanchi qabilalardan ajratib, yakka- lab qo’yish, itoatkorlikda saqlash edi. O’rta Osiyo, jumladan, O’zbekistondagi M.D. tarixini 3 davrga bo’lish mumkin: 1davr mil. AV. 6-4-a. — mil. 5-6-a.lar; 2davr 6-a.dan 8-a.gacha davom etgan; 3davr 8-a.ning oxiri va 9-a.ning boshlariga to’g’ri keladi. Qad. Buxoro, Sug’d, Usrusho- na vohalari atrofidagi devorlar o’zaro tutashtirilib, alohida vohalarnigina emas, balki butun bir mamlakatni uragan yagona mudofaa tizimiga aylantirilgan. Ad.: Muham edov H., Kddimiy mudo- FAA devorlari, T., 1961; Muhamedov H., O’zbekistonning qadimiy inshootlari tari-Xidan, T., 1961.