AQOQIYO
AQOQIYO, Arab yelimi, gummiarabik — asosan Afrika va Arabistonda o’sadigan akasiyadan olinadigan yelim. Ochiq havoda shaffof, mo’rt modda bo’lib qotadi, suvda erib, yopishqoq quyqa hosil qiladi. Aqoqiyo, asosan, arabinat kislotaning kaliy, kaltsiy va boshqa tuzlari qotishmasidir. Sharq tabobatida, jumladan O’rta Osiyo tabobatida juda qadimdan dori sifatida ishlatilgan. Tibbiyotda emulsiya, tabletka, habdori tayyorlashda, sanoatda gaz-mollarni ohorlash, turli bo’yoqlar tayyorlashda qo’llaniladi.