Morfinizm

Morfinizm — giyohvandlik tur- laridan biri, morfinga o’rganib qolib, uni qabul qilmay tura olmaslik, xumor- lik. M.da ruhiyat (shaxsning xususiyat- lari, fe’l-atvori, irodasi) buziladi, xumor (abstinentsiya) sindromi rivoj- lanadi, odam tirishib qoladi, tinka- si quriydi,yuraktomir, me’da-ichak va jinsiy a’zolar faoliyati izdan chiqadi; terisi «g’oz terisi»ga o’xshab ketadi, oyoq-qo’l bo’g’imlarida kuchli og’riq, mu- skullar tortishishi, talvasalar tutishi kuzatiladi. Tushga har xil qo’rqinchli voqealar kiradi, qo’rquv bosadi. Mor- fin qabul qilinishi b-n bu alomatlar tezda o’tib ketadi. M.da narkotik modda — morfiy teri ostiga va vena qon tomi- riga yuborilgani uchun bemorning bilak, son va biqinlarida qotib qolgan tomir chandiqlari va igna o’rni yaqqol ko’zga tashlanadi. M.ning oldi olinmasa, be- mor halok bo’lishi mumkin.