Monopol narx

Monopol narx — monopol mavqedagi sub’ekt (firma)lar bozor- da belgilaydigan narx, monopol foyda olishning asosiy vositasi. Monopoliya sharoitida bu sotuvchi narxi bo’lsa, mo- nopsoniya sharoitida xaridor narxi sha- Kliga ega bo’ladi. M.n. erkin bozor nar- Xidan raqobat asosida shakllanmasligi b-n farq qiladi. M.n.ni belgilashning asosiy maqsadi olinadigan foydani maksimallashtirishdir. Mono-poliya- ning narx belgilashdagi hukmronligi uning bozordagi hokimiyati hisoblanadi. M.n. o’rnatilgandatanlash imkoniyati bo’lmaganligi sababli xaridor daro- madining bir qismini yo’qotadi. Le- kin monopoliya M.n.ni chegarasiz oshira olmaydi, chunki har qanday narxning yuqori chegarasini xarid qobiliyati bel- gilaydi. Shuni hisobga olib M.n. bo- zor ko’taradigan narxning eng yuqorisi qilib belgilanadi, ammo bunday narx talabning ela-stikligini yuzaga keltir- maydi, ya’ni talab narxining ortishiga nisbatan tezroq pasayadi. M.n.ga resurelar narxining orti- shi ham ta’sir etadi, chunki xarajat- lar ortib, foyda qisqaradi. Monopso- niya sharoitidagi M.n. xaridor narxi hisoblanib, u ishlab chiqaruvchilarning o’rtacha xarajatlari darajasida bo’ladi. Buning natijasida monopsonistga to- var sotganlar minimal foyda ko’radi, monopsonist esa narxni pastligidan yutib chiqadi. Bu erda sotuvchilarning yo’qotishi xaridor — monopsonistning yutug’iga aylanadi. M.n. bozorning aso- siy vositasi bo’lganligidan, davlat bu narxlarni nazorat qiladi, ularning haddan ziyod yuqori yoki Last belgila- nishiga yo’l bermaydi, narxni oshirish hisobidan topilgan foydani davlat o’z byudjetiga olib qo’yadi. Xidirnazar Allaqulov.