Miskin qilich
Miskin qilich (taxallusi; asli ismi Mulla qilich; taxm. 1847, Xiva — 1906, Go’ron) — turkman xalq shoiri, bastakor va sozanda. Buxoro madrasasida tahsil olgan. Shoirning qo’shiqlari xalq o’rtasida Shuhrat topgan. Uning qo’lyozmalari saqlanmagan, 100 ga yaqin ishqiy, axloqiy, ijtimoiy mav- zulardagi qo’shiklari, «Botir na-pis», «Bekzoda Qurbon», «tovqi» dostonlari shogirdlari va xalq qo’shiqchilaridan yozib olingan. «Topmadim», «Nishon», «Oppoqqina», «g’amzang o’qi», «dog’lar», «Yanglig'» singari she’rlarida xalqning og’ir ahvoli tasvirlangan.