Miroqi adirlari

Miroqi adirlari – Hisor tiz- ma tog’larining Jan.-g’arbiy tarmoqlari etaklarida joylashgan adirlar. Oqsuv daryosi b-n Quruqsoy (Qashqadaryo irmoqlari) oralig’ida joylashgan. Shim.-sharqdan Jan.-g’arbga yo’nalgan. Eng baland joyi 2108 m. Jan.-Sharqiy yon bag’ri nisbatan tik va kuchli o’yilgan. Shim.-g’arbiy yon bag’ri asta-sekin pasay- ib boradi. Adirlarning suvayirg’ichi Oqsuv daryosi yaqinidan o’tgan. Shu sa- babli yon bag’irlar keskin ko’rinishga ega (Daryo vodiysiga qaragan tomoni juda ba- Land, qisqa va kalta, qarama-qarshisi esa qiya va past). Yuqori neogenning qumtosh, gil va konglomeratlaridan tashkil top- gan. Mavjud to’q bo’z tuproqlar yuvilgan, dag’al mexanik tarkibga ega. Turli o’tli bug’doyiqzorlar butalar b-n majmua xrlda o’sadi. M.a.dan yaylov sifatida foydalaniladi.