MEHMED II FOTIH
MEHMED II FOTIH (1432-1481) -Usmonlilar sulolasiga mansub turk sultoni (1444-46, 1451-81). Murod II ning 4-farzandi. M. II F. turk, Arab, fors, yunon, slavyan tillarini bilgan. Turk qo’shinlarining yurishiga shaxsan ko’mondonlik qilib, jahongirlik siyosa- ti yurgizgan. 1452 y.ning martida M. II F. buyrugiga binoan, Bosforning Osiyo qismida Boyazid I Yildirim tomoni- dan barpo etilgan ana-do’lihisorning qarama-qarshisida, ya’ni Bosforning Ev- ropa qismida ru-melihiyura quriladi. Natijada Bosfordan suzib o’tayotgan xorijiy kemalarni bojxona tekshi- ruvidan o’tkazish imkoniyati tug’iladi. 1453 y.ning martida M. II F. 150 ming kishilik qo’shin, 80 harbiy kema va 300 dan ortiq yuk kemalari b-n Vizantiya poytaxti Konstantinopol tomon yurish boshlagan. Qirq kunlik (18 apr. — 29 may) qamaldan so’ng shahar zabt etilgan. Konstantinopolning turklar tomonidan zabt etilishi yakunlanadi. Konstantino- polning qulashi Vizantiya imperiyasiga xotima yasagan va, aksincha, Usmonli turk imperiyasini jahondagi eng qudratli saltanatlardan biriga aylaniishga olib kelgan. Shahar turkcha Istanbul deb nomlana boshlagan. M. II F. shundan so’ng Bolqon hamda Markaziy Evropa mamlakatlarini zabt etishga kirishgan. Dastlab u Serbiyaga zarba bergan, ammo, 1456y.ning 27 iyulida Belfad ostonasv- da Yanosh Xu-nyadi lashkari b-n bo’lgan jangda mag’lubiyatga uchragan. 1459 y. tur- klar Serbiyani, 1460 y. Moreyani, 1463 y. Bosniyani, 1476 y. Valaxiyani, 1478-79 y. Albaniyani o’z tasarrufiga kiritgan- lar. M. II F. 10 yildan ziyod muddat da- vomida Karaman beyi hamda oq qo’yunli davlati hukmdori uzun Hasanga qarshi siyosiy kurash olib borib butun kichik Osiyoda o’z hokimiyatini o’rnatgan. 1475 y. M. II F. Kafa, Kerch, sudak singa- ri qora va Azov dengizi bo’ylaridagi shaharlarni istilo etib, Qrim xonli- gini o’ziga vassal qilgan. 1461 y. savdo yo’lidagi mu-him yunon davlati Trape- Zund (Trabzon) ni M. II F. jangsiz egal- lagan. Turk qo’shinlarining zafarli yurishlari M. II F.ni Evropaning Ven- griya, Italiya, Germaniya kabi davlatlari hududlarini ham istilo qilish rejasi- ni tuzishga ruhlantirgan. 1480 y. 300 ke- maga joylashgan 100 ming nafar qo’shin Jan. Italiyaning Otrango sh. tomon yo’l oladi va uni 2 haftalik qamaddan so’ng qo’lga kiritgan. Shahar aholisining yarmi qirib tashlanib, 8 minggi qulga aylantirilgan. Shunga qaramay, M. II F. ning ushbu yurishi muvaffaqiyatsizlikka uchragan. Italyanlar kuchlarini bir erga jamlab turklarga bir qancha kuchli zarba- lar berishgan. M. II F. taxt vorisi bo- Yazid II buyrug’iga muvofiq, xos tabibi tomonidan zaharlab o’ldirilgan. M. II F. davrida Usmonli turk imperiyasining ilk qonunlar majmu-asi («Qonunnoma») tuzilgan. M. II F. harbiy va ma’mu- riy boshqaruv islo-hoti o’tkazib, ar- miya va davlatni mustahkamlagan. U olim va fuzalolarga homiylik qilgan, qurilish ishlariga katta e’tibor bergan, hukmronligi davrida mamlakatda 380 ta masjid qurdirgan, Istanbul untiga asos solgan. M. II F. fors, yunon va Arab ada- biyotini yaxshi bilgan, o’zi ham «Avniy» ta-xallusi b-n she’riy devon bitgan. Ad.: Novichev A. D., Istoriya Tursii, t. 1-4, L., 1963-78; Petrosyan Yu. A., OS- manskaya imperiya. Mogutshestvo i Gibel, M., 1990; Ransimen S, Padenie Konstan- tinopolya v 1453 godu, M., 1983.