Mutavalli

Mutavalli (Arab. — ishboshi, boshqaruvchi) — Islom tarixida vaqf mulkiga va undan keladigan daromadga vasiylik qiluvchi, uni taqsimlovchi Di- niy amaldor. Vaqf erlarini ijaraga berish, vaqf mulkida xo’jalik ishlari- ni yuritishni ham M. bajargan. Xori- jiy Sharq mamlakatlarida M.lar hozir ham bor, ular vaqflarni boshqaradi. Ayrim musulmon mamlakatlarida M. yirik ziyoratgohlar (maqbara, mozor va b.)ni, ulardan keladigan daromadlar- ni ham boshqaradi. O’zbekistonda mas- Jidning xo’jalik va moliya ishlarini boshqaruvchilar M. deyiladi.