Musallas

Musallas (Arab. — uchlik, uchlama) — musammat she’r shakllaridan biri. M. o’zbek she’riyatidagi na emas, balki aruz sistemasi qo’llangan boshqa qo’shni ada- biyotlar tarixida ham juda kam uchraydi. Buning sababi uchlikning 1 – va 2-juft misrasidan keyingi 3 – misraning qofiya jix,atidan toq bo’lishidadir (a-a-b). Bunday holat she’rda fikriy notamom- likka, uzilishga sabab bo’lishi mumkin. U G’arb adabiyotidagi tersinalarga o’xshab ketadi. Uning da-stlabki namunasi 16-a. tojik shoiri Mushfiqiy ijodida uch- raydi. O’zbek shoirlaridan esa Uvaysiy (19-a.) devonidauchraydi, xolos. U ham a-a-a; b-b-b; v-v-v qofiya tartibiga ega. Birok. 20-a. shoirlaridan Hamza, G’afur G’ulom, Oybek, Vosit Sa’dulla, Omon Matjon, Anvar Obidjon aruz va barmoq vaznlarida M.ning yangi namunalarini yaratganlar.