Musamman
Musamman (Arab. — sakkizlik) — 1) Arab, forstojik va o’zbek mumtoz she’riyatidagi she’riy turlardan biri. M. 8 misrali bir necha banddan tashkil topadi. Birinchi band yagona qofi-yaga ega bo’ladi, keyingi bandlarning faqat 7 misrasi qofiyadosh bo’lib, 8misrasi bi- rinchi band b-n qofiyalanadi: a-a-a-a-a-a- a-a, b-b-b-b-b-b-b-a, v-v-v-v-v-v-v-a kabi; 2) aruzda har baytda bir ruknning 8 Mar- ta takrorlanishidan vazn hosil bo’lishi. Mac, Bir pari men telbani husnig’a moyil Qilg’udekdur, Ko’zim ichra, er tutib, ko’ngluma man- zil Qilg’udekdur. Foilotun / foilotun / foilotun / fo- Ilotun (Bobur) Har bir bahr doirasida solim (Ruk- ni butun) va zihofli (rukni qisqargan) vaznlar bo’ladi. Yuqoridagi baytda «foilotun» rukni ramal bahriga butun (o’zgarmay) kirgani uchun bu vazn «ramali musammani solim» deb ataladi.