«Musovot»

«Musovot» (Arab. — tenglik) — Ozarbayjondagi taraqqiyparvarlar tashkil qilgan milliy partiya (1911 — 1920). Ganja va Boku sh.larida tuzilgan, dastlab «Musovot musulmon demokratik partiyasi» nomi b-n yashirin faoliyat ko’rsatgan. Asosan ziyolilar, milliy bur- juaziya vakillari va ulamolardan ibo- rat bo’lgan. Partiyaning g’oyaviy rahbari va tashkilotchisi M. Rasulzoda, nashri dastlab «ochiq so’z», keyinchalik «is – tiklol» va «Nash put» gaz.lari. Shi- orlari — turklashmoq, islomlashmoq, zamonaviylashmoq bo’lgan. Musovotchilar b-n Turkistondagi taraqqiyparvarlar o’rtasida aloqalar mavjud edi. Okt. to’ntarishidan so’ng «M.»Ozarbayjon xalqining mustaqillik uchun kurashiga rahbarlik qildi. 1918 y. sent.da Bokuni qizil askarlardan ozod qilib, hokimiyat tepasiga kelgan musovotchilar polisiya, armiya va boshqaruv apparatini tashkil etishdi. Turkiya b-n harbiy va siyosiy itti-foq tuzilib, turk qo’shinlari mam- lakatga kiritildi. Biroq mintaqada bolsheviklar ta’sirining kuchayishi oqibatida «M.»chilar hukumati faoli- yati zaiflashdi. 1920 y. 28 apr.da Ozar- bayjon Respublikasi kizil askarlar tomonidan ag’darib tashlandi va sovet rejimi o’rnatildi. Partiya faollari qamoqqa olindi. Ozodlikda qolganlari yashirin faoliyat ko’rsatib, keyinchalik xorijga ketishga majbur bo’ldi. Ad.: Istoriya nasionalnix politicheskix partiy Rossii, M., 1997.