Makromolekula

Makromolekula (makro… va molekula) — o’zaro kovalent bog’lar orqali birikkan o’n mingdan yuz mingga- cha atomlardan tuzilgan yirik molekula. M. zanjirida elementar zveno (ma’lum sondagi atomlar guruhi) juda ko’p marta takrorlanadi, shuning uchun ham uni kup sonli bir xil yoki har xil kichik mole- kulalardan (bir necha minggacha) hosil bo’ladigan molekula deb kabul kilsa bo’ladi, polivinil xlorid molekulasi tarkibidagi — SN2—SN— guruhi soni hatto 3000 ga etishi mumkin. Kimyoviy tarkibi bir xil, ammo mol. m. har xil, yaxlit bo’lib reaktsiyaga kirishadigan M.lar yig’indisidan tashkil topgan mod- dalarga yuqori molekulali birikmalar (polimerlar) deyiladi; ular tabiiy (polisaxaridlar, polipeptidlar, tabi- iy kauchuk) va sintetik (plastmassalar, elastomerlar, kimyoviy tolalar) turlar- ga bo’linadi. Tashqi sharoit o’zgarganda, polimerlar tarkibidagi molekulyar zanjirlarning o’z konfigurasiyalarini o’zgartira olishi M.larning asosiy xossalaridan biri hisoblanadi. Shu jihatdan qaraganda barcha M.lar chiziqli (uzunchoq) egiluvchan (tabiiy kauchuk, kauchuksimon sintetik moddalar M.lari), chiziqli qattiq (tsellyuloza M.lari), spiralsimon (oqsillar, nuklein kislotalar makromolekulalari), tarmoqlangan (polisaxaridlar makromolekulalari), fazoviy (uch o’lchamli) turlarga bo’linadi. M.ning uz. 4000— 8000 A, ko’ndalang kesimi 3-7,5 A. Karbozanjirli (zanjiri faqat uglerod atomlaridan tuzilgan) va geterozanjirli (zanjirida uglerod atomlaridan tashqari azot, kislorod, oltingugurt atomlari saqlagan) M. bo’ladi. Zanjirning tuzilishi, kattaligi (mol. m.) va zvenolarining joylanish tartibi, uning xossalariga (egiluvchanligi, bog’larining mustahkamligi, elektr o’tkazuvchanligi, kimyoviy reaktsiyaga kirishiga) ta’sir ko’rsatadi. M.larning bu xossalari- dan ular asosida plastmassa, sintetik kauchuk, sun’iy tola kabi materiallar olishda foydalaniladi.