Maktab

Maktab — 1) o’qituvchi rahbarligida yosh avlodga ma’lumot be- riladigan va tarbiyaviy ishlar olib bo- riladigan o’quv tarbiya muassasasi. M.ni kuyidagi turlarga bo’lish mumkin: a) be- riladigan bilimning xarakteriga kura — umumiy va professional; b) bilim- ning ko’lamiga ko’ra — boshla-ng’ich (yoki quyi), o’rta, oliy; v) kimning qaramog’ida bo’lishiga qarab — davlat, municipal (jamoa) va xususiy; g) o’quvchilar jin- siga ko’ra — aralash (har ikki jinsda- gi o’quvchilar uchun), ayollar hamda erlar maktabi;D) dinga nisbatan — dunyoviy vadiniy (konfessional); e) bolalar M.da bo’lish vaqtiga qarab — qatnab o’qiydigan M. va tunab qolinadigan M. (pansion, internat va t.k.). O’zbekistonda M., asosan, davlat mulki bo’lib, unda o’qish bepuldir. Shu b-n birga oliy o’quv yurtlarida o’qish qisman shartnoma aso- sida ota-onalar mablag’lari hisobiga amalga oshiriladi. O’zR ning 1997 y.da qabul qilingan «ta’lim to’g’risida»gi qoluni hamda «Kadrlar tayyorlash mil-liy dasturi» da belgilab berilgani- dek, O’zbekiston maktablarida ta’lim o’quvchilarning ona tilida olib borila- Di. Barcha M.larda o’quvchi va talabalar uchun uzluksiz tarzda ta’limning quyi bosqichidan yuqori bosqichiga o’tish ta’- minlangan. Boshlang’ich va o’rta M.larda ta’limning asosiy shakli — dars, o’rta maxsus va kasb-hunar, hamda oliy makta- blarda — lektsiya. Ilk M.lar qad. Sharq mamlakatla- ri (Xitoy, Bobil, Misr va b.)da paydo bo’lgan; bu mamlakatlardagi ibodatxo- nalarda kohinlar va kotiblar M.lari bo’lgan. Evropada dastlabki M.lar tax- minan mil. AV. 6-a.da Yunonistonda, mil. AV. 4-a.da qad. Rimda vujudga kelgan. O’rta Osiyoda boshlang’ich ta’lim be- radigan M. maktabxona deb nomlangan. O’rta Osiyoda M.lar tipidan yana madrasa, qorixonank ko’rsatish mumkin. Madrasa o’rta va oliy tipdagi M. hisoblangan; qorixonada Qur’onni tilovat qilish o’rganilgan. Turkistondagi rus aholi mahalliy aholiga nisbatan M.lar b-n yaxshi ta’- minlangan. 1876 y.dan gimnaziya, Real M., muallimlar seminariyasi va b. xil M.lar ochilgan. Rus M.larining ayrim- larida mahalliy millat bolalari ham o’qigan. 19-a. oxirlarida mahalliy mil- lat bolalari uchun rus-tuzem maktablari tashkil etila boshladi. Bu M.lar, asosan, chorizmning mustamlakachilik siyosati- ga xizmat qilgan bo’lsada, o’lkada ilg’or o’qish usullarining yoyilishida ma’- lum rol o’ynadi. Sovet tuzumi davrida M.lardagi ta’lim jarayonining o’zi va o’qitish uslubiyatidagi har xil kamchi- liklar oqibatida bilim berishda yuza- ga kelgan nodemokratik hamda jamiyat uchun zararli muhit shunga olib keldiki, o’quvchilarda mustaqil fikrlash rivoj- lanmay qoldi. O’zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgach, maktablarning moddiy texnika bazasini rivojlanti- rish, ularni ilmiy metodik jihatdan ta’minlash sohasida bir qator ishlar amalga oshirildi. O’zbekistonda M. ish- lari yuksak sur’atlar b-n rivojlanmoqda. Mamlakatda 9672 umumiy o’rta ta’lim maktabi (6 mln. dan ortiq o’quvchi), 224 o’rta maxsus va kasb-hunar o’quv yurti (223 ming o’kuvchi), 61 oliy o’quv yurti (125,5 ming talaba) mavjud (2002). Yana q. Xalq ta’limi, boshlang’ich maktab, Umumiy o’rta ta’lim maktabi, akademik lisey, kasb-hunar kolleji, Oliy o’quv yurtlari; 2) fan, adabiyot, san’at, ijtimoiysiyo- siy hayot va sh.k.da o’ziga xos xususiyatlar- ga ega bo’lgan yo’nalish, oqim (mas, geology olim Habib Abdullaev maktabi va h.k.). M. atamasi, shuningdek, rangtasvir, haykaltaroshlikka, o’ziga xosligi aniq ifodalangan shahar yoki ma’lum vilo-yat me’morligiga, u yoki bu darajada anik, uslubiy va tarixiy chegaralariga ega bo’lgan butun bir mamlakatning milliy san’atiga nisbatan ham qo’llanadi (mas, Hirot miniatyura maktabi). Rohatoy Safarova, Laylo Shermama- tova.