MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALAR PEDAGOGIKASI

MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALAR PEDAGOGIKASI — pedagogi- kattg maktabgacha yoshdagi bolalarga tar- biya berish hamda ularning shaxsiyatini shakllantirish qonuniyatlari, tamoyil- lari, vositalari, shakl, usul va metod- larini o’rganuvchi sohasi. M.yo.b.p. bola psixologiyasi, yosh anatomiyasi va fizio- logiyasi, tibbiyot, gigiena, shuningdek, tilshunoslik, nafosat tarbiyasi, axloq fanlari b-n uzviy bog’liq. 19-a.ning 2-yar- mida umumiy ped. dan ajralib chiqqan. Bu bir tomondan yosh psixologiyasi- ning rivojlanishi va ilmning alohida tarmog’i sifatida namoyon bo’lishi b-n bog’liq bo’lsa, ikkinchi tomondan ayol- larning f-ka va z-Dlarga jalb etilishi natijasida bolalar muassasalarining vujudga kelishi b-n izoxlanadi. In- gliz utopik sosialisti R. Ouen birinchi bo’lib bolalarga ilk yoshdan ijtimoiy tarbiya berish g’oyasini asoslab berdi va proletar bolalari uchun maktabgacha yosh- dagi bolalar muassasasini ochdi. Xuddi shu vaqtdan boshlab M.yo.b.p. fanning maxsus tarmog’i sifatida shakllandi va rivojlana boshladi. 20-a. boshlarida er- kin tarbiya jarayonida bola shaxsiyatini rivojlantirish g’oyasi keng tarqaldi. M.yo.b.p.ning asosiy vazifasi — MAK- tabgacha yoshdagi bolalarni tarbiyalash- ning mazmun, shakl va metodlarini ish- lab chiqishdan iborat. M.yo.b. p.ning meto- dologik asosini dialektik bilish naza- riyasi xamda shaxsning evolyusion tarzda taraqqiy etish qonuniyatlari, O’zRning 1997 y.gi «ta’lim to’grisida»gi qonuni va «Kadrlar tayyorlash milliy lasturi», o’zbek xalqining ma’naviy-axloqiy me- rosi hamda bola tarbiismga oid tari- xiy tajribasi, il-gor mamlakatlardagi pedagogik qarashlar, ped., psixologiya, falsafa, etika, estetika, tilshunos- lik, tibbi-yot, odam fiziologiyasi va gigienasi, antropologiya kabi fanlar- ning ilmiy asoslari, xulosalari xamda qonuniyatlari tashkil qiladi. M.yo.b.p.dan tadqiqotlar kuzatish, pe- dagogik tajriba, suhbat, hujjatlarni o’rganish, bolalar faoliyati maxsuli- ni taviil qilish metodlari orqali amalga oshiriladi. Bu metodlar aso- sida tadqiqotlar mazkur soxa b-n shug’ullanuvchi tadqiqotchi va tarbiyachi- lar tomonidan olib boriladi. Har bir kuzatish jarayoni batafsil yoziladi va ilmiy jihatdan taxlil qilinadi. Peda- gogik tajribada birinchi navbatda bola, uning rivojlanishi uchun yaratiladigan pedagogik shart-sharoitlar nazarda tuti- ladi. Pedagogik tajriba ehtiyotkorlik b-n ob’ektiv ravishla olib borilganla- gina amalga oshiriladigan tadqiqot na- tijalarining ob’ektivligini ta’min- lash imkoniyati tug’iladi. Suhbat metodi u yoki bu bolani, yoki bir gurux. bolalar- ni yaxshiroq o’rganish imkonini yaratadi, ta’limtarbiya jarayonida yo’l qo’yilgan xatolar aniqlanadi. Bolalar b-n suhbat ularning qiziqishlarini, nutqidagi o’ziga xoslikni, atrof muhit hamda ki- shilarga munosabatini aniqlashga yor- dam beradi. Hujjatlar, ya’ni bog’cha va aloqida tarbiyachilarning reja va hisobotlarini urganish xam nazariy xulosalar chiqariisha muhim axamiyat- ga ega. Shu b-n birga mazkur hujjatlar maktabgacha ta’lim muassasalaridagi tashkiliy ishlar xaqida aniq xulosalar chiqarish imkonini yaratadi. Ushbu xulo- Salar uz navbatida tarbiya usullarini kashf etishga yordam beradi. Bolalar FA- oliyati mahsulini tahlil qilish metodi M.yo.b.p.ning muhim ta-dqiqot metoli- Lir. Bolalar faoliyati taxlili ularni shakllantirishda juda yamii natijalar beradi. O’zbekistonda M.yo.b.p. masalalari O’zbekiston ped. fanlari i.t. instituti, Toshkent ped. unti va b. ilmiy ta-dqiqot muassasalarida ishlab chiqiladi. Jum- lalan, 1996-2000 y.larda O’zbekiston ped. fanlari i.t. instituti tomonidan amalga oshirilgan maktabgacha ta’lim jaraenining mazmunini yangilashga yo’naltirilgan bir kator tadqiqotlar, xususan, «Maktabgacha yoshdagi bolalar- ning tayyorgarlik darajasiga qo’yilgan davlat talablari», «uchinchi ming yil- lik bolasi» kabi tayanch das-turlarning yaratilishi diqqatga sazovor. M.yo.b.p.da amalga oshirilgan tadqiqotlarning eng muhimi sensor tarbiya tizimi nazariy asoslarining yaratilganligidir. Chunki sensor tarbiya- ning asosiy maqsadi bolalar faoliyati- ning har xil turlarini amalga oshirish jarayonila uning sensor qobiliyatini taraqqiy ettirishdan iborat. Rohatoy Safarova, Laylo Shermama- tova.