MAYFLOVER

MAYFLOVER, may chechagi — ertapi- shar shaftoli navi. AQShda chiqarilgan (Shim. Xitoy ertapishar shaftoli navla- ri guruhiga kiradi). P.P.Shreder nomida- gi bog’dorchilik, uzumchilik va vinochilik i.-t. in-tida navga ilmiy tavsif beril- gan. Daraxti kuchli o’sadi, shox-shabbasi keng, piramidasimon, qalin shoxlanadi. Bargi o’rtacha, nashtarsimon. Gul kurta- klarining asosiy qismi bir yillik Nov- dalaridajoylashadi. Martoxiri — apr. ning boshlarida gullaydi. Guli ikki jinsli, katta, pushtirang, o’zidan Chan- glanadi. Mevasi iyunning 1-yarmida pi- shadi, yumaloq, yirik, vazni 150-180 g. Tarkibida 12% quruq modda, 7,29% qand, 0,47% kislota bor. Po’sti tukli, etidan oson ajraladi. Eti ko’kimtir-oq, sersuv, muloyim, shirin, danagidan ajramaydi, Mevasi yangiligida iste’mol qilinadi. Sovuqqa chidamsiz, qishda —15-18° gacha, bahorda —4—6° sovuqqa bardosh bera- Di. Ekilgandan keyin 2-3-yili mevaga kiradi. 10-12 yilgacha yuqori hosil be- radi. Har tupidan 50— 80 kg meva olish mumkin. O’zbekistonning barcha viloyat- larida ekiladi.