MAKROERGIK BIRIKMALAR
MAKROERGIK BIRIKMALAR (mokro… va Yun. ergon — faoliyat, ish), yuqori energiyali, yuqori energetik bi- rikmalar — energiyaga boy yoki makroer- gik bog’lari bo’lgan tabiiy birikmalar; barcha tirik hujayralarda bo’ladi va Energi-yaning to’planishi hamda o’zgarishi jarayonlarida qatnashadi. M.b.ga, asosan, adenozintrifosfat kislota (ATF) va fosfat guruxdarining ko’chishiga sabab bo’luvchi fermentativ reaktsiyalarda ATF hosil kila oladigan moddalar kiradi. M.b. tarkibiga fosforil guruhlari ki-radi. Nukleozidtri- (yoki Di-) fosfat kislotalar, pirofosfat va polifosfat kislotalar, kreatin-fosfat, fosfo- pirouzum kislota, difosfogliserin kislota, atsetil va suktsinilkoferment A, adenil va ri-bonuklein kislotalar- ning aminoasil hosilalari ham M. b. dir. M.b. o’zaro fosforil guruhlarni ko’chiradigan fermentativ reaktsiyalar b-n bog’langan (yana q. Adenozinfosfat kislota, bioenergetika).