Manzilgoh
Manzilgoh — 1) ibtidoiy ja- mi-yatda urug’jamoalarining vaktincha turar joyi, maskani; 2) serqatnov va kat- ta yul ustida qurilgan, to’xtab o’tishga mo’ljallangan joy, manzil. M.larda yo’lovchilar ichimlik, oziq-ovqat b-n ta’minlangan, hordiq chiqarish uchun maxsus xonalarga joylashtirilgan. Ba’zi M.larda karvonsaroylar, ma’- lum darajada mustahkamlangan rabot- lar bunyod etilgan. Mac, Toshkent va Samarqand oralig’idagi yo’l ustida bir qancha M.lar (Zangiota, Qovunchi va h.k.) mavjud bo’lgan. Vaqt o’tishi natija- sida keyinchalik ayrim M.lar o’rnida shaharlar tarkib topdi. M.lar ko’chmanchi hamda o’troq xalqdar uchrashadigan, ular o’rtasidagi iqtisodiy, madaniy aloqalar o’rnatiladigan joy sifatida ham muhim ahamiyat kasb etgan.