Manipur tili

Manipur tili, Manipuri .-Shim. -Sharqiy Hindistondagi til- lardan biri, tibetbirma tillari guru- higa mansub. Asosan, Manipur shtatida, shuningdek, Assom, Tripur Shtatlari- da va Bangladesh, Myanma davlatla- rida tarqalgan, unda taxm. 1 mln. 650 ming kishi so’zlashadi (2001). M.t. fo- netikasining o’ziga xosligi unda 2 xil undoshlar tizimining (ayni shu tildagi va Bengal, Assom tillaridan o’zlashgan) mavjudligidir; grammatik jihatdan bu til agglyutinativdir. Otlar va fe’- llarning o’zak morfemalari va barcha qo’shimchalar bir bo’g’inli. Grammatik jins kategoriyam! mavjud emas. Gapda ega avval, kesim ke-yin, to’ldiruvchi esa ular o’rtasida keladi. M.t.da 7 ta lahja bo’lib, ular deyarli o’rganilmagan; Manipur poy- taxti Impxal sh.ning laxjasi adabiy tilga asos bo’lgan. Adabiy til b-n jonli so’zlashuv tili o’rtasida muayyan farkdar bor. M. t. yozuvi qadimdan brahmiga asos- langan bo’lsada, 18-a.dan u Bengal yozuvi tomonidan siqib chiqarilgan.