Mariya Antuanetta

Mariya Antuanetta (Marie -Antoinette) (1755.2.11, Vena — 1793.16.10, Parij) — Frantsiya qirolichasi, Fran- suz qiroli Lyudovik XVI ning xotini (1770 y.dan), Avstriya imperatori Frans I va imperatrisa Mariya Tereziyannng qizi. Buyuk frantsuz inqilobi oldidan o’yinkulgi, maishatga ulkan mablag’lar sarflayotgan M. A. (shu tufayli unga «ka- momad xonim» deb laqab qo’yishgan) mo- liya islohoti o’tkazishga, saroy xarajat- larini qisqartirishga uringan minis- trlarni (A. Tyurgo, J. Nekker) iste’foga chiqishga majbur qilgan. Inqilob bosh- lanishi b-n aksilinqilobiy fitnalar va chet el interventsiyasi rahnamosi. Monar- xiya ag’darilgach (1792 y. 10 avg.), qamoqqa olinib, sud qaroriga binoan boshi tana- sidan judo (gilotina) qilingan.