MARKSIZM

MARKSIZM — K. Marks va F. En- gels asos solgan falsafiy, iqtisodiy va siyosiy ta’limot. Nemis mumtoz fal- safasini {Gegel, Feyerbax va b.), in- gliz siyosiy iqtisodini (Smit, Rikardo va b.), frantsuz xayoliy sosializmini (Sen-Simon, Fure va b.) o’rganishga ta- yanib, Marks va Engels dialektik, tari- xiy materializmga asoslangan falsafa, qo’shimcha qiymat nazariyasiga asoslangan siyosiy iqtisod va kommunizm xdqidagi soxta ta’limotni ishlab chiqdilar. M.da moddiy i. ch. usuli, ishlab chiqaruvchi kuchlar va i. ch. munosabat- lari jamiyatning negizi sifatida ka- raladi. M. xususiy mulkchilikka asos- langan jamiyatda i. ch.ning ijtimoiy va o’zlashtirishning xususiy xarakterga ega ekanligiga tayanib, ijtimoiy inqilob to’grisidagi qonunni asoslashga uri- nadi. Ijtimoiy-iqtisodiy formasiya, sinfiy kurash b-n bog’liq nazariyani il- Gari suradi. Jamiyat tari-xiga sinflar kurashi tarixi sifatida qaraydi. M.ga kura, sinfiy kurash proletariat dikta- turasiga olib keladi. Proletariat Dik- taturasining maqsadi esa sinfsiz ja- miyat qurishdan iborat deb hisoblaydi. M. ishlab chikarish vositalariga faqat ijtimoiy mulkchilikni tan oldi, boshka mulk shakllarini inkor etdi. Xususiy mulkni barcha ijtimoiy illatlarning asosiy sababi degan noto’g’ri qarashni ilgari suradi. M.ning qo’shimcha qiymat qonuni kapitalizmning asosiy iqtisodiy qonuni deb qaralgan. M.da tarixni ma- terialistik tushunish orqali jamiyat- ning rivojlanish qonunlari, kapita- lizmning sosializm b-n almashinishi muqarrarligi, kapitalizmdan sosia- lizmga o’tish davri, kommunizmning ikki fazadan iborat ekanligi g’oyasi ilgari suriladi va sosializm kommunizmning quyi fazasi sifatida qaraladi. Yana q. Sosializm. M. 19-a. ijtimoiy fikr taraqqiyotiga ta’sir ko’rsatdi. Ayni vaqtda undagi xayoliy, ziddiyatli va xato tasavvur- lar tanqidga uchradi. M.da ijtimoiy qarama-qarshiliklar, sinfiy kurash va zo’rlik nazariyasi mutlaqlashtirildi, proletariatning tarixiy roli asossiz ravishda ulug’landi. M. Rossiyadagi OK- tyabr to’ntarishi va kommunistik tota- litarizmga xizmat qildi. M. davlat mafkurasi bo’lib qolgan ko’p mamlakatlarda 20-a.ning 80-y.la- ridan boshlab mustabid rejimlarning emirilishi va mustaqil davlatlarning taraqqiyot yo’llarini belgilab olishi M.ni tanqidiy o’rganish va unga baho be- rishda yangi davrni boshlab berdi. Ibodulla Ergashev.