Mum rassomligi

Mum rassomligi – bog’lovchi moddasi mum bo’lgan bo’yokda ishlanadi- gan rangtasvir usuli. Kimyoviy aktivli- gining sustligi va namga chidamliligi tufayli bu usulda yaratilgan asarlar ko’p asrlar davomida o’zining dastlabki koloriti, sofligi, pishiqligi va bo’yoq qatlamining sifatini saqlabturadi. Mil. AV. 14-a.dan qad. Misrda ibodatxo- nalarni bo’yashda qo’llangan. Mil. AV. 5-a. da Yunonistonda issiqusul deb ataluvchi (enkaustika) eng mustahkam M.r. texno- logiyasi yaratilgan: bunda qizdirilgan mum bo’yoklar qizdirilgan jez kurakcha yordamida asosga surtiladi. Bu usul, aso- san, dastgoh san’atida qo’llangan, shu- ningdek, ma-hobatli rasmlarda noqulay tashqi sharoitga chidamli mustahkam bo’yoq qatlami talab qilinganda ishla- tilgan. Fay-yum portretlari va Vizan- tiya ikonalarida (12-a.gacha) enkaustika o’rnini uncha pishiq bo’lmagan hamda ishlanishi osonroq skipidarli mum bo’yoqlar (sovuq usul deb ataladi) va mum- li tempera (uchuvchan moyli emulsiya aralashmasi) egallay boshlagan. M.r. hozir asosan rasmlarni ta’mirlashda, yo’qotilgan bo’yoq qatlamini to’ldirish va uni mustahkamlashda ishlatiladi.