Mulk Raj Anand

Mulk Raj Anand (1905.12.12 -Pe- Shovar — 2002.15.9) — hind yozuvchisi va jamoat arbobi. London untini tugatgan (1929). Ingliz va hindiy tillarida ijod qilgan. Sajjod Zohir b-n hamkorlikda Hindiston taraqqiy-parvar ezuvchila- ri assosiasiyasiga asos solgan (1936). Dastlabki asarlari — «daxlsiz» (1935), «Hammol» (1936), «Qishloq» (1939), «Qilich va o’roq» (1942), «katta qalb» (1945) romanlari hamda «sartaroshlar Ittifoqi» (1944), «traktor va don ma’- budasi» (1947) hikoyalar to’plamlari va b. publisistik maqolalarida choy plantasiyalarida ishlaydigan ishchi va dehqonlarning og’ir hayoti tasvirlangan. «Hindiston rojasining hayoti» (1953), «Yo’l» (1961), «qahramon o’limi» (1963) kabi roman va hikoyalarida mustamlaka- chilik illatlarini fosh etadi, ayollar huquqini yoqlaydi. «Etti yil» (1951), «Tong jamoli» (1944), «oshiqning tavba- si» (1976) avtobiografik trilogiyasida mustamlakachilik oqibatlariga qarshi, ozodlik uchun kurashgan qahramon xarak- terining shakllanishi aks etgan. «Hind teatri» (1950), «Hind xalq raqslari» (1957) va b. ilmiy asarlar muallifi.