Mohondaryo

Mohondaryo — Buxoro viloyatida- gi quruq o’zan. Uz. 58 km (kum bosgan sori- li b-n hisoblaganda 150 km), eni 25— 250 m. Zarafshon daryosi qadimda shu o’zandan oqib, Amudaryoga quyilgan. M. Yakkatut qishlog’idan boshlanib, shim,-g’arbiy, so’ng Jan.-g’arbiy yo’nalishda davom et- gan va Chuqurko’l, Mohonko’l, O’rtako’l va Chandirko’llarni hosil qilgan. Mohonko’ldan so’ng ikkiga bo’linib, shim. dagisi M. va Jan.dagisi Gujayli (bu joyli) yoki Gurdush deb atalgan. Shim. tarmoq, o’z navbatida, ikkiga ajralib yana bir qancha mayda ko’llardan o’tib, Chorjo’y (hoz. Turkmanobod) sh.dan 100 km kuyida Amudaryo b-n tutashgan. 1950-64-y.larda akad. Ya.G’.G’ulomov rahbarligida arxeologik ekspedisiya M. vodiysida tekshirishlar olib bor- Di. 1960-61 va 63 y.larda M. bo’ylab Lo’hliko’l, Echkiqiron, Kichiktuzkon va Kattatuzkon ko’llari atrofida 4-3 ming yillikka oid 40 dan ortiq neolit davri makonlarining qoldiklari, shuningdek, Zamonbobo va Kichiktuzkon atrofida mil. AV. 2-ming yillikka taalluqli 20 dan ortiq jez davri yodgorliklari topib tek- shirildi. Arxeologi k tadqiqotlardan ma’lum bo’lishicha mil. AV. 4—3ming yilliklarda M. va Gujayli o’zanlari orqali Zarafshon daryosining oqimi uzluksiz ravishda Amudaryoga quyilib turgan. Mil. AV. 2-ming yillik boshla- rida M.ning oqimi susayib, quyi qismi suvsizlikdan qurib qolgan va Zarafshon Amudaryoga quyilishdan to’xtagan. Ammo uning yuqori qismiga suv kelib turgan. Zarafshon daryosidan yirik sug’orish ka- nallari chiqarilib, Daryo suvining ekin dalalariga taralishi natijasida qad. M. tamoman suvsizlikdan qurib qolgan. Ad.h Muqammadjonov A.R., Quyi Za- rafshon vodiysining sug’orilish tarixi (qadim davrdan to XX asr boshlarigacha), T., 1972.