Morze (Morse) Semyuel Finli Briz

Morze (Morse) Semyuel Finli Briz (1791.27.4, Charlotaun — 1872.2.4, Nyu- York) — Amerika rassomi va telegrafiya sohasidagi ixtirochisi. Tarixiy kompo- zisiyalar va portretlar muallifi. Mil- liy rassomlik akademiyasi (Nyu-York) asoschisi va birinchi Prezidenta (1826— 45). M. 1837 y. elektromagnit telegraf apparatini ixtiro qilgan, 1838 y. shu AP- parati uchun Morze kodi (telegraf kodi) ni ishlab chiqqan. Amalda ishlatish uchun yarokli apparatni 1844 y. yaratdi. Morze apparati birinchi marta Vashington — Baltimor telegraf liniyasida ishlatil- gan.