Murod II

Murod II, Sulton Murod II G’oziy (1404-1451) — Usmonlilar sulolasi- ta mansub Turkiya sultoni (1421-44, 1446-51), Mehmed I Chalabiyning o’g’li. M.P taxtga o’tirgandan keyin Usmoniy- larga tegishli erlarning ma’lum kismi- ni egallashga muvaffaq bo’lgan, is-yonkor Mustafoga qarshi kurash boshlagan. 1422 y. Bursadan uzoq bo’lmagan Ulubad Daryo- sining bo’yidagi jangda Mustafoning lashkari tormor etiladi va o’zi qochadi. Tez orada Mustafo qo’lga olinib, osib o’ldiriladi. 1424— 26 y.larda MP ilgariroq qo’ldan ketgan Aydin, men- teshe, Germiyan, Saruxan va Hamid Bey- liklarini qayta o’z tasarrufiga kirita- Di. 1422 y. 24 avg. da Konstantinopolga qilingan hujum samara bermaydi. 1424 y. Vizantiya sultonga xiroj to’lashga majbur bo’ladi. 1440 y. M.P Serbiya- ga yurish qiladi. 1444 y.ning 10 noyab. da Varna yaqinida M.P Yanosh Xunyadi boshliq Chex-Venger lashkarini mag’lub etadi. 1444 y.da M.P o’z ixtiyori b-n o’g’lining foydasiga taxtdan voz kecha- Di, ammo ichki va tashki vaziyat 1446 y.da uni yana taxtga qaytishga majbur qiladi. 1447 y.da Pelopon-nesni g’orat qiladi, Korinfni zabt etadi. 1448 y.ning 17— 19 dek.da Kosovo jangida Xunyadini yana bir bor mag’lub etadi. 1449-50 y.lari Albaniyaga 2 marta yurish qiladi. U ado- latli va insofli hukmdor sifatida nom qoldirgan. Ad.: Novichev A. D., Istoriya Tursii, t.1, L., 1963; Petrosyan Yu. A., Osmanskaya imperiya. Mogutshestvo i Gibel, M., 1990.