Marksheyderiya
Marksheyderiya (nem. mark – che- gara va scheiden — bo’lmoq, ajratmoq) — konchilik fani va texnikasining bir tarmog’i; tabiiy sharoitdagi ob’- ektda aslidan o’lchashlar va er ka’rida- gi foydali qazilma uyumining shakli va o’lchamlari, qazilmada foydali va zararli komponentlarning joyla-shu- VI, o’zida saqlovchi jinslar xususiyati, lahimlarning fazoviy joylashishi, kon ishlari natijasida sodir bo’ladigan kon bosimi va er yuzasi jinslarining deformasiyasini o’rganadi. Ish jarayoni marksheyderlik priborlari yordamida olib boriladi. M. ma’lumotlari Geo- metrik proektsi-yalar usulida olingan konchilikka oid grafik xujjatlar, chiz- malarda sintez qilinadi. M. kompleks fan bo’lib, mat., fizi- ka, texnika, astronomiya, geodeziya, geol., konchilik ishi va b. fanlar b-n chambar- Chas bog’liq. Marksheyderlik xizmati foydali qazilmani konlardan qazib olishning har bir bosqichida (qidiruv, loyihalashtirish, shaxtalarni qurish, qazib olish, kon korxonalarini tugatish va b.) qatnashadi. M. kuyidagi 2 funktsi- yani bajaradi: ta’minlash funktsiyasi (qidiruv va b. konchilik inshootlari- ni loyihadan natura xoliga o’tkazish, lahimlarga yo’nalish berish, konlar- ning plan hamda kesma ko’rinishini fazoviy geometrik o’lchash usullari b-n xaritaga tushirish va ularni markshey- derlik hujjatlarida aks ettirish) va nazorat qilish funktsiyasi (qidiruv la-himlarining o’tishni o’z vaqtida kuzatish, qurilishmontaj ishlarini, foydali qazilmalar va qoplama jin- slarni qazib olishda, talofat va si- fatsizlanishida tezkor hisob nazorati, zaxiralar o’zgarishini hisobi, atrof muhitni saqlashda konchilik ishlari- ni to’g’ri olib borishni nazorat qilish, kon bosimi va er yuzasining siljishi (deformasiyasi)ni kuzatish va b. turli ishlarning nazorati). 1990-y.lardan M. ishlarida o’ta aniq pribor — yorug’lik b-n uzoqni o’lchovchi, yo’nalishli la- zerli ko’rsatkichlar, gigroskopik va kodli teodolitlar va ta-xeometrlar, vizirli nivelirlar, avtomatprofilo- graflar va b. elektron-optik asboblar qo’llanilmoqda. O’zbekistonda M.ga oid amaliy ishlarni konchilik korxonasi qoshidagi marksheyderlik xizmati baja- radi. I.t.lar esa ToshTU va konchilik i.t. institut larida olib boriladi.