Marmar oniksi
Marmar oniksi – karbonatli jins; mayda kristalli zich, yarim shaf- FOF, qatlamli oqiq; asosan, kal’tsit- dan iborat, ba’zan aragonit b-n birga uchraydi. Issiq mineral buloqlardagi karbonatli minerallarning cho’kishidan vujudga keladi. M.o.ning noto’g’ri na- vbatlangan qatlamlaridagi oq, sariq- pushti, sariq-yashil va qo’ng’ir rangli alohida qatlamlari sayqal berilgan yuzada nihoyatda go’zal manzarali bezak- ni hosil qiladi. Birxil yoki turli xil rangdagi yo’llarning qalinligi milli- metrning bir necha ulushidan bir necha sm gacha bo’ladi. Bir xil tarkibli, yo’l- yo’l teksturali xillari manzaralibadi- iy, mozaika va qoplama bezak ishlarida qo’llaniladi. O’zbekistonda va qo’shni mamlakatlarda (Turkmaniston, toji- kiston va b.) ba’zi g’orlarda uchraydi, shuningdek, Armaniston, Jazoir, Misr, Argentina, Meksika va b. mamlakatlarda ham mavjud.